Imkoniyat — ilojini top

“Imkoniyat” mobil ilovasi alohida ehtiyojga ega bolalar va nogironligi bor kishilar uchun davlat muassasasiga kirish yoki dam olish joylariga borish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida bilishga yordam beradi. Panduslar, maxsus to‘garaklar, tadbirlar, bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarning bor-yo‘qligi hamda xodimlarning alohida bolalarga nisbatan munosabati – bularning barchasi haqida sizlarga o‘xshagan ota-onalar yaratgan ilovamizdan bilib olish mumkin! Fikr-mulohazalaringizni qoldiring va O‘zbekistonda inklyuziv hamjamiyatni rivojlantirishga yordam bering!

Loyiha haqida va video-yo‘riqnoma

Ilova Technovation Girls Uzbekistan dasturi doirasida, BMTTD va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hamkorlikdagi “Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ko‘magida, Toshkentdagi prezident maktabining "Science of happiness PST" jamoasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Imkoniyat mobil ilovasining barcha imkoniyatlari va funktsiyalari haqida bilish uchun ushbu qisqa videoni tomosha qiling

Tadbirlar

Ilovamizda alohida ehtiyojlarga ega bolalar uchun, shaharlar va mavzular bo‘yicha filtrlar bilan, tadbirlar afishasini ko‘rish mumkin. Agar o‘zingiz qiziqarli tadbir tashkilotchisi bo‘lsangiz, batafsil ma’lumotni chop eting, shunda ilovaning barcha foydalanuvchilari tadbiringiz haqida bilib oladi. Ota-onalar tadbirda qatnashganlaridan so‘ng fotosuratlar bilan birga o‘z fikr-mulohazalarini ham qoldirishlari mumkin

Tashkilotlar katalogi

Odamlarga alohida ehtiyojlarga ega va nogironligi bor kishilar bilan ishlash malakasiga ega xodimlari bor bo‘lgan va barcha zarur sharoitlarga ega tashkilotlar haqida bilib olishlariga yordam bering. Bolalar bog‘chalari, ta’lim markazlari va tibbiy markazlar, event-kompaniyalar, turistik kompaniyalar, ko‘ngilochar markazlar – o‘zingiz uchun kerak bo‘lgan kompaniyani qanday izlaganingizni bir eslang. Yangi tashkilotlarni qo‘shing, fikr-mulohazalaringizni qoldiring! O‘zbekistondagi barcha tashkilotlar haqida bilib olishida boshqa ota-onalarga yordam bering va ijtimoiy mas’ul biznes-hamjamiyatni shakllantirishga o‘z hissangizni qo‘shing.

Fikr-mulohazalaringizni qoldiring

Imkoniyat ilovasida tashkilotlar haqida o‘z fikr-mulohazalaringizni qoldirar ekansiz, boshqa ota-onalarga asosli qarorlar qabul qilishida yordam berasiz, ijtimoiy mas’uliyatli kompaniyalar reytingini tuzishga ko‘maklashasiz va inklyuziv hamjamiyatni rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shasiz!

Tashkilotlar uchun

Siz – rivojlanishi o‘ziga xos bolalar, mobilligi past kishilar, eshitish va ko‘rish qobiliyati buzilgan fuqarolar uchun barcha sharoitlari va ular bilan ishlash malakasiga ega xodimlari bor kompaniyaning sohibimisiz? O‘z tashkilotingizni Imkoniyat ilovasiga qo‘shing! Bu tashkilotingizni taniqli qilishga yordam beradi. Siz tadbirlar haqida chop etishingiz, mobil ilovamiz foydalanuvchilari orasidan qo‘shimcha maqsadli auditoriyaga ega bo‘lishingiz hamda inklyuziyaga intiluvchi ijtimoiy mas’ul kompaniyalar reytingida qatnashishingiz mumkin.